You are here

Asosiy ko‘rsatkichlar, shu jumladan, sohaning holati va uning rivojlanish dinamikasini tavsiflaydigan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish to‘g‘risida ma’lumotlar

2017 yilning 3 oyligi yakunlari

O'zbekiston Moliya vazirligi xabarlariga ko'ra, respublikamizdagi ko'plab  sug'urta kompaniyalari sug'urta  mukofotlari bo'yicha ijobiy natijalarga erishishdi.  Ijobiy  ko'rsatkichilar faolit yuritayotgan 30ta sug'urta kompaniyasidan 25 tasida qayd etildi.

2017 yil 3 oyligi yakunlari bo'yicha  dastlabki 3 ta pozitsiyani  “Uzagrosug'urta” AJ (16,8%),  “O'zbekinvest” EIMSK (11,0%) va " Kafolat Sug'urta kompaniyasi" AJ (9,4%)   band qildi.  To'rttinchi va beshinchi o'rinlarni  "Alfa Invest" (8.6 %) SK va "Alskom" (6,5%) SK  egalladi. 

Dastlabki 3 ta yetakchining  bozordagi konsentratsiyalashuv darajasi 37,2% ni tashkil qildi.  Ro'yxat boshida turgan 5 ta kompaniya bo'yicha mazkur ko'rsatkich 52,3% ga  teng bo'ldi. Yetakchilar TOP-10 ga kirmagan  sug'urta kompaniyalar hissasi 2,9% dan 0,4% gacha bo'ldi.

2017 yilning 3 oyligi yakunlari

Bozor yetakchilari: mukofotlar bo'yicha:

Kompaniya Belgisi
O'zagrosug'urta 16.8%
EIMSK "O'zbekinvest" 11.0%
Kafolat 9.4%
Alfa invest 8.6%
Alskom 6.5%
Gross Insurance 6.4%
O'zbekinvest Hayot 6.3%
Asia Inshurans 3.9%
Ingo Uzbekistan 3.7%
New Life Insuranse 3.6%

 

Bozor yetakchilari: to'lovlar bo'yicha:

Kompaniya Belgisi
O'zagrosug'urta 56.0%
Kafolat 10.1%
O'zbekinvest Hayot 8.3%
EIMSK "O'zbekinvest" 5.6%
New Life Insurance  5.0%
Alfa Life  3.3%
Alfa Invest   2.2%
Alskom 2.1%
Kapital sug'urta 2.0%
Asia insuranse  1.5%

 

“UzReport” axborot agentligi

08.06.2017