«O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi «umumiy sug‘urta» bozorida o‘z faoliyatini olib boradi va sug‘urta faoliyati klassifikatoriga ko‘ra mavjud 17 turdagi sug‘urtaning barchasi bilan shug‘ullanadi (Sug‘urta faoliyatini yuritish bo‘yicha 00144-SF sonli sertifikat)
Tashkil etilgan sana:
• Aprel, 1994 yil – «O‘zbekinvest» Milliy sug‘urta kompaniyasining tashkil etilishi (O‘zbekiston Respublikasi VM 13.04.1994 y.dagi 206-sonli Qarori)
• Fevral, 1997 yil – Eksport va investitsiyalarni sug‘urtalash bo‘yicha mamlakatimizning rasmiy agenti mavqei berilib, «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi etib qayta tashkil etildi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.02.1997y. dagi PQ-1710 – sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi VM 28.02.1997y.dagi 113 – sonli Qarori)
Kompaniya Nizom jamg‘armasi: $60 mln.
Kompaniya ta’sischilari:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi - $50 mln.
O‘zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki - $10 mln.
Kompaniyaning missiyasi – Sug‘urta obyektlarini siyosiy, tabiiy va boshqa turli qaltisliklardan ishonchli sug‘urta himoyasi bilan ta’minlash yo‘li bilan O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etilishini qo‘llab-quvvatlash va eksport salohiyatining oshishiga ko‘maklashish.
«O‘zbekinvest» kompaniyasining nizom vazifalari:
• Milliy eksportchilarning iqtisodiy manfaatlarini qabul qilingan shartnomaviy majburiyatlarning xorijiy hamkorlar tomonidan bajarilishiga to‘sqinlik qiluvchi siyosiy, tijorat va tadbirkorlik qaltisliklaridan mukammal sug‘urta himoyasi bilan ta’minlash;
• O‘zbekiston Respublikasining texnologiyalar, tovarlar va xizmatlar eksportini moliyalashtiruvchi rezident-banklariga eksport kreditlarini sug‘urtalashning xalqaro nizomlariga binoan sug‘urta kafolatini taqdim etish;
• Texnologiyalar, tovarlar va xizmatlar eksporti xalqaro bozorlarining kompleks marketing tahlilini tashkillashtirish, milliy ishlab chiqaruvchilarning eksprt imkonyatlarini o‘rganish va mavjud texnologiyalar, tovarlar va xizmatlarni xalqaro bozorlarga olib chiqish strategiyasini yo‘lga qo‘yish;
• O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga sarmoya kirituvchi xorijiy investorlarning mulkiy va shaxsiy manfaatlarini mukammal sug‘urta himoyasi bilan ta’milash.
Kompaniya infratuzilmasi:
Hududiy filiallar:
• Toshkent shahar filiali
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali
• Respublikaning 12 ta viloyatlaridagi filiallari
Qushma va maxsuslashtirilgan sho‘’ba korxonalari:
• Investitsiyalarni sug‘urtalash bo‘yicha “O‘zbekinvest Interneshnl” qo‘shma kompaniyasi (London sh., Buyuk Britaniya)
• “O‘zbekinvest Eksiminform” Marketing agentligi
• “O‘zbekinvest Assistans” Servis agentligi
• “O‘zbekinvest Sarmoyalari” Investitsiya kompaniyasi
Sug‘urta sohasi mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha «Sug‘urta olami» Sug‘urta Biznesi O‘quv Markazi.
Ustunliklari va rivojlanish istiqbollari:
• «O‘zbekinvest» sug‘urta bozoridagi yetakchi kompaniya bo‘lib, so‘nggi yillar mobaynida yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari bo‘yicha sug‘urtachilar reytingida mustahkam ravishda yuqori qatorlarni egallab kelmoqda.
• «O‘zbekinvest» - moliyaviy xizmatlar bozorida o‘z tizimining ISO 9001:2000 xalqaro standartiga mosligini tasdiqlovchi sertifikatni olgan birinchi kompaniyadir (2004 yildan beri).
• «O‘zbekinvest» EIMSK - O‘zbekiston sug‘urta kompaniyalari ichida «Moody’s Investors Services Ltd.» (Buyuk Britaniya) reyting agentligidan «Barqaror istiqbol» - B1 darajasidagi xalqaro moliyaviy barqarorlik reytingini olgan birinchi va yagona kompaniyadir.
• Kompaniyaga «Eng yaxshi moliyaviy ishonchlilik» (uzA++) reytingi va uni tasdiqlovchi maxsus sertifikat berilgan bo‘lib, bu O‘zbekiston sug‘urta kompaniyalari ichida eng yuqori ko‘rsatkichdir.
• «O‘zbekinvest»da yuqori malakali mutaxassislar jamoasi ishlaydi, ushbu jamoa o‘z mijozlariga quyidagilarni kafolatlaydi:
• Sug‘urta himoyasining narhi va sifati mutanosib uyg‘unligi;
• Majburiyatlarga qat’iy rioya etish va harakatlarning tezkorligi;
• Har bir mijozning talab va istaklariga alohida yondashuv;
• Zamonaviy sug‘urta texnologiyalari va turli hildagi sug‘urta dasturlari;
• Xalqaro sifat standartlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish va moslashuvchan tarif stavkalari;
Kelajakda rivojlanish strategiyasi - korporativ va xususiy sug‘urta bozorida o‘z vaziyatini mustahkamlash, eksport-import sug‘urtasini jadallashtirish, sug‘urtada innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish, mijozlar bilan aloqa o‘rnatishga alohida yondashish, bunda sug‘urtaga oid masalalarni hal etishda har bir Sug‘urtalovchiga yuqori darajada e’tibor berish.
Sizlarni veb-saytimiz bilan tanishishga taklif etar ekanmiz, ortimizda vatanimiz sug‘urta sanoatining oyoqqa turishi va rivojlanishini aks ettiruvchi butun boshli Tarix qolganidan mag‘rurlanishimizni ham yashirmaymiz.