|
|
| |
Rahbariyat.
|
|
|
 |
|
Bosh Direktor - Fakhritdin Anvarovich Saidakhmedov, 1961 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, o‘zbek. Ma’lumoti – oliy, 1982 yilda Toshkent Xalq Xo‘jaligi institutini moliya va kredit mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan, 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining Yuqori biznes maktabini biznes boshqaruvi yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan, magistr. Hozirgi lavozimida 2005 yil 3 oktabridan buyon ishlab kelmoqda. Bosh direktor lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 28 sentabridagi 218-sonli Qarori bilan tayinlangan.
(Kompaniya Ustavi tomonidan taqdim etilgan vakolatlar asosida umumiy boshqaruvni olib boradi)
|
|
|
|
 |
|
Bosh direktor o‘rinbosari - Rizayev Jamshid Xamidullayevich, 1972 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, o‘zbek. Ma’lumoti – oliy, 1994 yilda Toshkent kimyo-texnologiya institutini yog‘ochni qayta ishlash muhandis-texnolog mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan, 2003 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya Akademiyasini sug‘urta ishi, iqtisodiyot magistri mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan. Mazkur lavozimda 2010 yil iyul oyidan beri ishlaydi. Bosh direktor o‘rinbosari lavozimiga «O‘zbekinvest» EIMSK Direktorlar Kengashi qarori bilan tayinlangan.
(sug‘urta faoliyatiga oid masalalar yuzasidan rahbarlikni amalga oshiradi, sug‘urta va qayta sug‘urta shartnomalarini o‘z vaqtida tuzish (yangilash), sug‘urta qaltisliklarini kompleks tarzda baholash va boshqarish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi, Kompaniyaning sug‘urta mahsulotlarini sotish tizimini tashkillashtiradi).
|
|
|
|
 |
|
Kompaniyaning umumiy masalalar bo`yicha bosh menejeri- Shoikromov Baxodir Shomuslimovich, 1960 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, o‘zbek. Ma’lumoti – oliy, 1981 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini mehnat iqtisodiyoti mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan, iqtisodchi. Hozirgi lavozimida 1997 yil 1 avgustidan buyon ishlab kelmoqda. Ushbu lavozimga Kompaniya Direktorlar kengashi qarori bilan tayinlangan.
(Kompaniya tashkiliy-xo‘jalik faoliyati masalalarini, sug‘urta to‘lovlari va tovonlarini amalga oshirishni tashkil etishni, regress da’volarini nazorat qiladi. Informatsion-aloqa tizimini tashkil etish va undan foydalanish bo‘yicha zarur ishlarni ta’minlaydi). |
|
| |
|
|
|
|
| |
|
|
|
|
| |
|
|
|
|
15/02/2011
|
|