You are here

«O'zbekinvest» kompaniyasi avgust oyida qariyb 1 mlrd. so'm sug'urta qoplamalarini to'lab berdi

Sug'urta da'volarini tezkor va sifatli ko'rib hamda qoplamalarni mijozlarga o'z vaqtida to'lab berish «O'zbekinvest» eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi faoliyatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

Mijozlardan kelib tushgan murojaatlar hamda sug'urta da'vo arizalari asosida joriy yilning avgust oyi davomida Kompaniya tizimida 331 ta sug'urta hodisasi bo'yicha 950 mln. so'm hajmidagi sug'urta qoplamalari to'lab berildi.

Amalga oshirilgan sug'urta qoplamalarining 52 foizi yuridik shaxslarga to'lab berilgan bo'lsa, 48 foizi jismoniy shaxslar hissasiga to'g'ri keladi.

Agar faqat avgust oyida to'lab berilgan ayrim sug'urta qoplamalariga murojaat qilsak, sodir bo'lgan sug'urta hodisalari yuzasidan berilgan da'vo arizalarini ko'rib chiqilishi natijasida ish beruvchining fuqarolik javobgarligi majburiy sug'urtasi bo'yicha yetkazilgan zararlarni qoplab berish uchun elektr tarmoqlari sohasida Surxondaryo viloyatida faoliyat yurituvchi korxonaga 53 mln. so'm, Toshkent shahridagi tadbirkorlik sub'ektlariga 30 mln. so'm sug'urta qoplamalari to'lab berildi.

Shuningdek, joriy yil boshidan buyon «O'zbekinvest» kompaniyasi o'z mijozlariga jami 11 mlrd. so'm sug'urta qoplamalarini to'lab bergan.

 

«O'zbekinvest» EIMSK Axborot xizmati