Diqqat, «O'zbekinvest» kompaniyasidan yangi aksiya!

chop etish versiyasi
09.08.2018

 

«O'zbekinvest» milliy sug'urta kompaniyasi barchani «Sug'urtalangan uy - himoyalangan uy» aksiyasida ishtirok etishga taklif etadi.

Aksiyada ishtirok etish uchun 2018-yilning 1-avgustidan 15-oktabrigacha “O'zbekinvest” kompaniyasining «Mening uyim – mening Vatanim» sug'urta polisini sotib olish kifoya.

«Mening uyim – mening Vatanim» sug'urta polisining narxi uyning qiymatidan kelib chiqib 14 000 so'mdan 80 000 so'mgacha belgilangan.

Kompaniyaning shaxsiy plastik kartochkasi – «ID kartochka»ga ega mijozlari uchun aksiya doirasida polis xarid qilganda 15 foiz chegirma taqdim etiladi.

Aksiya g'oliblari joriy yilning 20–27-oktabr kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida alohida aniqlanadi va uy uchun zarur qimmatbaho sovg'alarni qo'lga kiritadi.

Aksiyada ishtirok etib, sug'urtalangan uyda yashaysiz hamda yutuqlarni qo'lga kiritish imkoniga ega bo'lasiz.

Batafsil ma'lumotlar uchun telefon raqami: (+99871) 207-60-00