Majburiy tibbiy sugʻurtalash: tizimning asosiy maqsadi nima?

chop etish versiyasi
31.07.2019

Koʻpchilik tibbiy xizmatlar uchun sarflayotgan mablagʻlar miqdorini aniq bilmasa kerak.

Chunki har birimiz kasal boʻlmaslikka yoki oʻzimiz shifo topib ketish intilamiz. Ammo ikkala holatda ham, kasallikning asoratlarini bartaraf etish va sogʻlikni asrashga sarflanadigan moliyaviy xarajatlarni qoplashga har kimning ham imkoniyati yetmaydi.

Masalan, hozirgi kunda dunyoning koʻplab mamlakatlarida maxsus tibbiy sugʻurtalash jamgʻarmalari faoliyat olib bormoqda.

Bunday jamgʻarmalarning asosiy maqsadi – bemorlarga sifatli tibbiy va profilaktik yordam koʻrsatilishini taʼminlash uchun majburiy tibbiy sugʻurtalash tizimini moliyalashtirishdir.

Koʻp davlatlarda fuqarolar mehnatga layoqatli boʻlgan davrida davlat tomonidan belgilangan miqdordagi pulni Maxsus jamgʻarmaga toʻlab davolanish uchun kerakli mablagʻni yigʻib boradi. Zaruriyat tugʻilganda, fuqaroga sugʻurtalovchi tomonidan toʻplangan mablagʻlar hisobiga kafolatlangan tibbiy yordam olish imkoniyati beriladi.

Mamlakatimizda sogʻliqni saqlashni moliyalashtirishning butun bir tizimi mavjud. Lekin tibbiy xizmatdan foydalanishning teng imkoniyatlari yaratilmaganligi, aholini moliyaviy muhofaza qilish yoʻlga qoʻyilmaganligi va mablagʻlarni taqsimlash jarayonining past samaradorligi tufayli bir qator muammolar oʻz yechimini topmay kelmoqda. Muammolarni samarali hal etish maqsadida “Majburiy tibbiy sugʻurtalash mexanizmlarini yaratish va ularni hayotga tatbiq etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Mazkur loyiha muvofiq majburiy tibbiy sugʻurta tizimini bosqichma-bosqich tatbiq etish boʻyicha 4 bosqichli kompleks chora-tadbirlar nazarda tutilgan.

  1. Tayyorlov bosqichi: 2019-2020-yillar davomida majburiy tibbiy sugʻurtalash tizimini ishlab chiqish:

Birinchi bosqichda ushbu qaror loyihasi bilan Majburiy tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda – Jamgʻarma deb yuritiladi) taʼsis etilmoqda.

Jamgʻarma davlat moliyaviy tashkiloti boʻlib, uning faoliyati majburiy tibbiy sugʻurta tizimida qonunchilik normalarini tatbiq qilish, ushbu sugʻurta boʻyicha sugʻurta toʻlovlarini akkumulyatsiya qilish va sugʻurta badallarini toʻlashga qaratilgan boʻladi. Avvaliga Jamgʻarma butun respublika boʻyicha majburiy tibbiy sugʻurtani bosqichma-bosqich joriy etishga masʼul etib tayinlanadi.

SHUNINGDEK...

Majburiy tibbiy sugʻurta tizimini yoʻlga qoʻyish uchun zarur boʻlgan minimal normativ-huquqiy baza toʻgʻrisida ham esdan chiqarmaslik lozim. Bizning fikrimizcha, ularning ichida eng ahamiyatga moligi – “2019-2025-yillarga sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish Strategiyasi”ni ishlab chiqish va qabul qilishdir.

Strategiya, bu – kompleks chora-tadbirlar majmui boʻlib, sogʻliqni saqlash tizimi salohiyatini va strategik rejalashtirish uchun byudjetni shakllantirish jarayonlarini mustahkamlashga qaratilgan.

Bunda Strategiyaning asosiy maqsadi – butun aholiga sifatli tibbiy yordam olish imkoniyatini yaratish boʻlib, buning uchun tibbiy sugʻurtalash sohasida moliyalashtirish tizimini optimallashtirish va sugʻurtalangan shaxslar tomonidan maʼlum sugʻurta dasturlari orqali sifatli tibbiy xizmatlar olinishini taʼminlovchi munosabatlarni tizimli tartibga solishni tashkil qilish lozim.

Keyingi unikal hujjat esa Davlat tomonidan kafolatlangan xizmatlar paketining turlari, hajmi va narxini aniqlash metodologiyasi hisoblanadi. Davlat tomonidan kafolatlangan xizmatlar paketiga bir qator xizmatlar kiritilgan boʻlib, ular oʻz ichiga tez tibbiy yordam, sogʻlom turmush tarzini taʼminlash choralari, kasalliklarni aniqlash va diagnostika qilish, ularning profilaktikasi, reabilitatsiya, davolash, palliativ parvarish va stomatologik yordam hamda xizmatlarni koʻrsatish uchun zarur boʻlgan dori vositalari va tibbiy uskunalarni oladi.

  1. Boshlangʻich bosqich: majburiy tibbiy sugʻurtani tatbiq etish (2020-2021 yy.)

Ikkinchi bosqichda davlat statsionar davolash tashkilotlarida klinik-xarajat guruhlari boʻyicha “har bir davolangan holat” uchun haq toʻlash 

va zamonaviy toʻlov vositalariga oʻtish hamda respublika boʻyicha barcha birlamchi tibbiy-sanitarlik yordam koʻrsatish, muassasalarida yagona jon boshiga moliyalashtirish normativlarini tatbiq qilish nazarda tutilgan. Shu bilan birga, maʼlumot almashinuvi samaradorligini taʼminlash maqsadida Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan koʻrsatilgan tibbiy yordamni roʻyxatga olishning yagona axborot tizimini shakllantirish taklif etilmoqda. Mutlaqo yangi axborot tizimi yuzaga kelayotgan muammolarga tez va oʻrinli munosabat bildirish hamda axborot koʻmagini taʼminlash imkoniyatini beradi.

Ikkinchi bosqichning yakuniy natijasi sifatida 2021-yil 1-yanvaridan Sirdaryo viloyatida majburiy tibbiy sugʻurtalash tartibi Majburiy tibbiy sugʻurta fondi mablagʻlari hisobidan tajriba tariqasida joriy etilib, unda quyidagilar nazarda tutiladi:

  • Aholi punktini sugʻurtalash;
  • Xarajatlarni qoplovchi kafolatlangan tibbiy-sanitarlik yordami hajmi;
  • Fuqarolarga majburiy tibbiy sugʻurtaning individual identifikatsiya raqamlari berish.
  • Bolalar, tugʻilganidan 18 yoshga toʻlguniga qadar;
  • 1941-1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar;
  • 1941-1945-yillardagi urush orti mehnat fronti qatnashchilari;
  • Bola uch yoshga toʻlgunga qadar uning parvarishi bilan band boʻlgan ota-onaning biri yoki uning vasiysi yoxud homiysi;
  • Boshqa odamning parvarishiga muhtoj boʻlgan shaxslarga, shu jumladan, nogiron bolalar, I va II guruh nogironlari;
  • Homilador ayollar;
  • Chernobil AESdagi avariya qurbonlari va uni bartaraf etishda qatnashgan shaxslar.

III. 3-bosqich: majburiy tibbiy sugʻurta tizimini tatbiq etish.

Uchinchi bosqichda majburiy tibbiy sugʻurtalash dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi tibbiyot muassasalarini akkreditatsiyadan oʻtkazish hamda shifokorlik faoliyatini litsenziyalash tartibi joriy etiladi. Ushbu tartib doirasida Sogʻliqni saqlash vazirligidan akkreditatsiya (litsenziya) olgan barcha muassasa va shifokorlar mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar majburiy tibbiy sugʻurta doirasida tibbiy xizmatlar koʻrsatish shartnomalari asosida tibbiy xizmatlar koʻrsatish huquqiga ega boʻladilar.

TOIFALAR BOʻYICHA

Shu oʻrinda fuqarolarning quyidagi ayrim toifalarini sugʻurta bilan qoplashni taʼminlash haqida ham aytib oʻtish joiz:

Ushbu toifalariga fuqarolar sugʻurtalangan shaxslarning alohida toifalarini boʻlib, ular uchun belgilangan tibbiy xizmatlar majburiy tibbiy sugʻurtalash doirasida amalga oshiriladi.

  1. Uzoq muddatli kengaytirilgan bosqich: majburiy tibbiy sugʻurtalashni keng tatbiq qilish (2023-2025 yy.)

Majburiy tibbiy sugʻurtalash tizimini tatbiq qilishning oxirgi bosqichida respublikaning barcha hududlarida aholining barcha toifalari tizimga qoʻshilishi kutilmoqda. Bundan quyidagi natijalar erishish maqsad qilinmoqda:

- davlat tomonidan kafolatlangan yagona tibbiy xizmatlar hajmining bemorlar haq toʻlashi nazarda tutilgan xizmatlardan aniq ajratilishi, fuqarolarning tibbiy xizmatlarga ehtiyojini oʻz vaqtida va sifatli qondirishga yoʻnaltirilgan sogʻliqni saqlash tizimini shakllantirish;

- salomatlikni mustahkamlash va oʻrtacha umr koʻrish davomiyligini oshirish, tibbiy xizmatlar uchun norasmiy toʻlovlar darajasini kamaytirish;

- sogʻliqni saqlash ishida davlat va fuqarolarning solidar javobgarligini taʼminlash, tibbiy xizmatlar hajmi, taʼminoti sifatini oshirish va ularni moliyalashtirishga imkon beruvchi moliyaviy barqaror tizimni shakllantirish;

- tibbiy xizmatlar yetkazib beruvchilarining samarali faoliyatidan kelib chiqib barqaror moliyalashtirish;

- tibbiyot xizmatlarini yetkazib beruvchilar orasida sogʻlom raqobatni rivojlantirish uchun sharoit yaratish;

- yangi korporativ boshqaruv usullari joriy etilishini ragʻbatlantirish va sogʻliqni saqlash tizimiga qoʻshimcha resurslarni jalb qilish.

Manba: UzA