Sugʻurta agentlari uchun eʼlon

chop etish versiyasi
09.04.2018

“Oʻzbekinvest” milliy sugʻurta kompaniyasi sugʻurta agentlarini ish tajribasidan qatʼiy nazar uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli hamkorlikka taklif etadi.

Sugʻurta agentining asosiy daromadi “Oʻzbekinvest” kompaniyasi nomidan mijozlarga koʻrsatilgan sugʻurta xizmatlar uchun yigʻilgan sugʻurta mukofotining 25 foizigacha boʻlgan agentlik mukofoti hisoblanadi.

Sugʻurta agenti kompaniya litsenziyasiga asosan mijozlarga barcha turdagi ixtiyoriy va majburiy sugʻurta turlari boʻyicha xizmatlarni koʻrsata oladi, bu esa sugʻurta agentlarining sugʻurta bozorida mijozlarni izlash va sugʻurta shartnomalarini imzolash imkonini beradi, ushbu imkoniyatlardan foydalanish esa sugʻurta agentining shaxsiy daromadini orttirish uchun qoʻshimcha afzallik hisoblanadi.

Sugʻurta agentlari kompaniya tomonidan bepul tashkillashtiriladigan seminarlarda zarur bilim va koʻnikmalarni olishadi hamda tanlov asosida eng yaxshilari saralab olinadi.

Agar siz ishbilarmon, kishilar bilan tez til topadigan, gʻayratli, intiluvchan boʻlsangiz va qoʻshimcha daromadga ega boʻlishni istasangiz ushbu kasb aynan siz uchun.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998 71) 207-60-00

 

2018 yilning II choragida nomzod sugʻurta agentlari uchun oʻtkaziladigan seminarlar jadvali

2018 yilning II choragida nomzod sugʻurta agentlari uchun oʻtkaziladigan seminarlar dasturi