«Uyingizni foydali himoyalang» aksiyasi g'oliblari aniqlanmoqda

chop etish versiyasi
11.12.2018

Joriy yilning 10-dekabr kuni «O'zbekinvest» milliy sug'urta kompaniyasi tomonidan o'tkazilgan «Uyingizni foydali himoyalang» aksiyasining Andijon viloyatidagi g'oliblarini taqdirlash marosimi o'tkazildi.

Kompaniya mijozlari, hamkorlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan ushbu tadbirda aksiyaning 10 nafar g'olibiga qimmatbaho zamonaviy maishiy texnika vositalari topshirildi.

Ta'kidlash kerakki, kompaniyaning imijini oshirish, sug'urta xizmatlarini targ'ib qilish va aholining sug'urta haqidagi xabardorlik darajasini oshirish maqsadida qator reklama-marketing aksiyalarini o'tkazish yaxshi an'anaga aylangan. Xususan, 2018-yilda majburiy avtosug'urta polisini sotib olgan mijozlar o'rtasida «Omadli polis sohibi» marketing aksiyasi o'tkazilib, g'oliblariga zamonaviy qimmatbaho maishiy texnika vasitalari, Rossiyada bo'lib o'tgan Futbol bo'yicha jahon chempionati o'yinlariga yo'llanmalar taqdim etuvchi «Jahon futboli ishqibozi» va O'zbekiston Respublikasi mutaqiligining 27-yilligi arafasida «Men O'zbekistonni sevaman» aksiyalari o'tkazildi.

Ushbu tadbirlarning navbatdagisi sifatida joriy yilning 1-avgustidan 30-noyabrgacha «Mening uyim – mening Vatanim» sug'urta polisini sotib olgan mijozlar o'rtasida «Uyingizni foydali himoyalang» aksiyasi o'tkazildi. Aksiya respublikamizning barcha hududlarini qamrab oldi va unda 21 ming nafarga yaqin yurtdoshlarimiz ishtirok etdi.

Tasodifiy raqamni tanlash yo'li orqali quyidagi omadli ishtirokchilar g'olib deb topildi va qimmatbaho sovg'alar egalariga aylanishdi:

  1. Abdurahmonov Normurodjon (elektron choynak)
  2. Nazarov Asilbek (mikser)
  3. Xudoyberdiyev Axmadjon (buterbrotnitsa)
  4. Eraliyev Kutpiddin (dazmol)
  5. Axmedova Nargiza (miniduxovka)
  6. Julmatov Ozodjon (mikroto'lqinli pech)
  7. Yusufjonov Shoxabbos (idishlar to'plami - 6 kishi uchun)
  8. Shermatov Farmonbek (elektron go'sht maydalagich)
  9. Qambarov Sherzodbek (konditsioner)
  10. Rahmonov Mahammadjon (muzlatgich)

oz-uying-2

«O'zbekinvest» EIMSK Axborot xizmati