«O'zbekinvest» kompaniyasi xodimlari Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutida malaka oshirdi

chop etish versiyasi
10.10.2018

«O'zbekinvest» eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi xodimlari Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutida malaka oshirdi.

Besh kun davom etgan kurs doirasida tavakkalchiliklar va sug'urtani boshqarish kafedrasining yetakchi o'qituvchilari, yuriskonsultlar, yirik sug'urta kompaniyalari («Soglasie», «Ingosstrax») mutaxassislari va boshqalar tinglovchilar oldida chiqish qilishdi. O'quv davomida «O'zbekinvest» kompaniyasi mutaxassislari segmentlash strategiyasidan foydalangan holda jismoniy shaxslar uchun sug'urta mahsulotlarini targ'ib qilish bo'yicha samarali ishlash usullari, korporativ sug'urta muammolari, samarali sug'urta marketingi, sug'urta da'volari bilan samarador ishlashni ta'minlash va kuchli agentlik tarmog'ini yaratish usullari bilan tanishdilar.

Kurs yakunida Biznes va xalqaro huquq maktabi direktori o'rinbosari E.A.Glazov «Sug'urta kompaniyasi rivojlanish strategiyasini boshqarish»ga bag'ishlangan o'quv kursini muvaffaqiyatli tugatganlik to'g'risidagi guvohnomalarni ishtirokchilarga topshirdi.

Manba: Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti sayti

https://mgimo.ru/about/news/departments/sotrudniki-kompanii-uzbekinvest-proshli-obuchenie-v-mgimo/