«O'zbekinvest» milliy sug'urta kompaniyasi yosh olimlarni taqdirladi

chop etish versiyasi
28.06.2019

«O'zbekinvest» eksport-import milliy sug'urta kompaniyasining 25 yilligi munosabati bilan talabalar o'rtasida o'tkazilgan ilmiy ishlar tanlovi g'oliblari aniqlandi.

Joriy yil boshida yosh ilmiy tadqiqotchilarni sug'urta sohasiga jalb qilish, ularni har jihatdan qo'llab-quvvatlash hamda O'zbekiston sug'urta bozorini yanada rivojlanishga bag'ishlangan ilmiy ishlarni rag'batlantirish maqsadida «O'zbekinvest» milliy sug'urta kompaniyasi tomonidan mamlakatimizdagi oliy o'quv yurtlari talabalari o'rtasida mukofot jamg'armasi 18 mln. so'm bo'lgan ilmiy ishlar tanlovi e'lon qilingan edi.

Tanlov doirasida taqdim etilgan ko'plab ilmiy ishlardan tanlangan mavzu batafsil yoritilgan va tanlovning barcha shartlari bajarilgan quyidagi 4 ta eng yaxshi ilmiy ish g'olib deb e'lon qilindi:

1-o'rin – Ashurov Erkin Doniyorovich – O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi

Ilmiy rahbari – t.f.n., dotsent, Mirsadikov Mirodila Abdullayevich

Ilmiy ish mavzusi: «Sug'urta bozorida dempingga qarshi kurashning xorij tajribasi va uni O'zbekistonda qo'llashdagi muammolar»;

2-o'rin – Abdullatev Erkinjon A'zamovich – O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi

Ilmiy rahbari – PhD, Allayarov Fazliddin Amanullayevich

Ilmiy ish mavzusi: “Insurance market of Uzbekistan: problems and prospects for the development”;

3-o'rin (2 ta g'olib):

Axundjanova Nazokat Maxsatovna – O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi

Ilmiy rahbari – PhD, Allayarov Fazliddin Amanullayevich

Ilmiy ish mavzusi: «O'zbekiston sug'urta bozori: muammo va rivojlanish istiqbollari»;

Nosirov Abdulxamid Abduraxmanovich – Toshkent moliya instituti 4-bosqich talabasi

Ilmiy rahbari – i.f.n., dosent, Abdurahmonov Ilyos Xurshidovich

Ilmiy ish mavzusi: «O'zbekiston Respublikasi sug'urta kompaniyalari investision takomillashtirish yo'llari».

Joriy yilning 28-iyun kuni ushbu tanlov g'oliblarini tantanali taqdirlash marosimi o'tkazildi va unda 1-o'rin sohibiga 3 mln. so'm, ilmiy rahbariga 2 mln. so'm, 2-o'rin sovrindoriga 2 mln. so'm, ilmiy rahbariga 1,5 mln. so'm, 3-o'rin egalariga 1 mln. so'm, ilmiy rahbarlariga esa 1 mln. so'mdan pul mukofotlari hamda kompaniyaning esdalik sovg'alari topshirildi.

«O'zbekinvest» EIMSK Axborot xizmati