“O'zbekinvest” milliy sug'urta kompaniyasi xodimlari malakasini oshirmoqda

chop etish versiyasi
15.01.2018

“O'zbekinvest” milliy sug'urta kompaniyasi tizimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning malakasini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan rejaga asosan amaliy seminarlar tashkil etilmoqda.

Ushbu tadbirlarning navbatdagisi kompaniyaning Toshkent shahri va poytaxt viloyati filiali xodimlari uchun tashkil etildi. Unda filiallar va tuman bo'limlari xodimlari hamda sug'urta agentlari ishtirok etishdi.

Sug'urta faoliyati, uning muhim tushunchalari, xususan, ixtiyoriy va majburiy turlari, sohada amalga oshirilayotgan o'zgarishlar, ishlab chiqilgan yangi sug'urta mahsulotlari, sug'urta mahsulotlarini sotishning zamonaviy texnologiyalari, sug'urta da'volarini ko'rib chiqish kabi masalalar to'g'risida ishtirokchilarga ma'lumot berildi.

“O'zbekinvest” kompaniyasi mutaxassislarining malakasini oshirish bo'yicha seminarlar respublikaning barcha hududlarida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

«O'zbekinvest» EIMSK Axborot xizmati