«O'zbekinvest» milliy sug'urta kompaniyasi “O'zbekinvestdan suyunchi” va “Omadli polis sohibi” aksiyalarini o'tkazmoqda

chop etish versiyasi
27.02.2018

«O'zbekinvest» milliy sug'urta kompaniyasi tashkil etilganining 24 yilligi munosabati bilan avtomobil egasi fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtasining yangi mijozlari o'rtasida navbatdagi “O'ZBEKINVESTDAN SUYUNCHI” va “OMADLI POLIS SOHIBI” aksiyalarini o'tkazmoqda.

Aksiya doirasida sug'urta polisiga qo'shimcha:

*haydovchilar soni cheklangan polis egalariga mijozning xohishiga ko'ra quyidagi sovg'alardan biri taqdim etiladi:

-birinchi yordam qutichasi;

-nur qaytaruvchi nimcha;

-to'xtash belgisi.

*haydovchilar soni cheklanmagan polis egalariga esa avtomobilning barcha xavfsizlik to'plami taqdim etiladi.

Shuningdek, joriy yilning 1-martidan 6-apreliga qadar avtomobil egasi javobgarligining majburiy sug'urtasi polisini xarid qilgan har bir yangi mijoz “OMADLI POLIS SOHIBI” aksiyasining ishtirokchisiga aylanadi va 12-aprel kuni o'tkaziladigan yutuqli o'yinda KO'PLAB KIMMATBAHO SOVG'ALARGA ega bo'lish imkoniyatini qo'lga kiritadi.

 

Batafsil ma'lumotlar uchun telefon: (+998 71) 207-60-00