«O'zbekinvest» sug'urta kompaniyasi yanvar oyida 829 ta sug'urta da'volarini ko'rib chiqdi

chop etish versiyasi
06.02.2018

Turli baxtsiz hodisalarga duch kelmaslikdan hech kim kafolatlanmagan, shuning uchun ham kishilar o'zlarining hayoti va sog'lig'i yoki mol-mulkini kutilmaganda yetadigan zararlardan himoya qilish maqsadida sug'urtaga murojaat qiladilar. Bu o'z navbatida sug'urta kompaniyalaridan sug'urta hodisasi yuz berganda mijoz da'vosini imkon qadar tez ko'rib chiqishni talab etadi. Sug'urta qoplamasini o'z vaqtida to'lab berish sug'urta kompaniyasi nufuzini belgilab beruvchi muhim omillardan biri hisoblanadi va mijozlar ishonchi mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Ushbu jihatlar inobatga olinib, «O'zbekinvest» eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi tomonidan sug'urta da'volarini ko'rib chiqish va qoplamalarni to'lab berish borasida ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Agar raqamlarga murojaat qilinsa, 2018-yilning yanvar oyida mijozlar murojaatlari asosida ish beruvchi va transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish, ixtiyoriy tibbiy sug'urta, mol-mulk sug'urtasi kabi shartnomalar bo'yicha 829 ta sug'urta da'volari ko'rib chiqilib, jami 957 mln. so'm sug'urta qoplamasi to'lab berilgan. Amalga oshirilgan sug'urta qoplamalarining 57 foizi yuridik, 43 foizi esa jismoniy shaxslar ulushiga to'g'ri keladi.

Ta'kidlash joizki, «O'zbekinvest» kompaniyasi tomonidan aholi bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish maqsadida Ishonch telefoni, 24 soat ishlovchi dispetcherlik xizmati tashkil etilgan. Shuningdek, Toshkent shahri va poytaxt viloyati hududi bo'yicha xizmat ko'rsatuvchi adjaster xizmati faoliyati yo'lga qo'yilgan bo'lib, sug'urta hodisasi yuz berganda kompaniya xodimlari voqea joyiga etib borib, zarur yordamni ko'rsatmoqda.

«O'zbekinvest» EIMSK Axborot xizmati

Tel: 120-03-53

e-mail: site-admin@uzbekinvest.uz