|
|
| |
«SAIPRO» Kompaniyasi 2010 yil yakunlariga ko‘ra «O‘zbekinvest»ga uzA++ darajasda ishonchlilik reytingini berdi |
|
|
Sug‘urta kompaniyasining 2010 yildagi faoliyati natijasi bo‘yicha moliyaviy barqarorligi xususidagi «Saipro» kompaniyasi mutaxassislarining mustaqil tahlili natijasiga ko‘ra «O‘zbekinvest» EIMSKga «Eng yaxshi moliyaviy ishonchlilik» o‘rnini nazarda tutuvchi va milliy sug‘urta kompaniyalari orasidagi milliy shkala bo‘yicha eng yuqorisi bo‘lib hisoblangan uzA++» darajasidagi reyting bahosi berildi.
Kompaniyaga berilgan ushbu reyting ishonchlilikning ijobiy istiqbol bilan eng yuqori darajasini belgilab beradi hamda boshqa milliy sug‘urta kompaniyalari bilan solishtirganda moliya va sug‘urta faoliyatlarining juda yuqori ko‘rsatkichlari bilan ifodalanadi. Kompaniya o‘zining joriy va sug‘urta faoliyati davomida paydo bo‘layotgan moliyaviy majburiyatlarini o‘z vaktida va to‘liq bajarish qobiliyati bir qator yuqori ijobiy omillar bilan qo‘llab quvvatlanadi. Istiqbolda sug‘urta kompaniyasi bir qator salbiy makroiqtisodiy va bozor iqtisodi omillarini ro‘y berganligida o‘zining sug‘urta majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq hajmda bajarishni davom ettiradi.
Shuni ta’kidlash joizki, 2010 yil natijalari bo‘yicha «O‘zbekinvest» EIMSKning ishonchlilik darajasini yuqori baholashdagi asosiy omillardan Kompaniyaning sug‘urta bozoridagi yetakchi o‘rni, qayta sug‘urtalash himoyasining yuqori sifati, infratuzilmasini faol rivojlanishi, kapitalizatsiya, to‘lov qobiliyati va sig‘imining yuqori darajasi bo‘ldi. Kompaniyani milliy va xalqaro sug‘urta bozorlarida uzoq davr mobaynidagi faoliyatining tarixi, shuningdek barqarorlikka, sug‘urta zaxiralarini joylashtirishning balanslashtirilganligiga va sifatiga asoslangan investitsiya siyosati berilgan reytingga ijobiy ta’sir etdi.
18/08/2011
|
|
| |
«SAIPRO» Kompaniyasi 2009 yil yakunlariga ko‘ra «O‘zbekinvest»ga uzA++ darajasda ishonchlilik reytingini berdi |
|
|
«O‘zbekinvest» kompaniyasining 2009 yildagi faoliyati reytingining «SAIPRO» kompaniyasi tomonidan baholanishi uning moliyaviy ishonchliligini yana bir bor baholashga va uni «uzA++» darajasida («A’lo darajadasgi moliyaviy ishonchlilik») darajasida ekanligini tasdiqlashga imkon berdi. Sug‘urta mukofotlari hajmining o‘sishi, yuqori to‘lov qobiliyati, moliyaviy barqarorlik va turg‘unlik, portfelning muvozanatlanganligi, ishonchli qayta sug‘urta himoyasi va rivojlangan filiallar tarmog‘i kabilarni olingan reytingning asosiy omillari sifatida sanab o‘tish mumkin.
Mazkur reyting berilganligini tasdiqlovchi sertifikat yuqori ijobiy omillar bilan qo‘llab-quvvatlanadi va «O‘zbekinvest» kompaniyasini boshqa sug‘urta kompaniyalaridan o‘zining joriy, hamda sug‘urta faoliyatida yuzaga keladigan moliyaviy majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarish qobiliyati bilan ajratib turadi. Ushbu darajada berilgan reyting kompaniyaning boshqa sug‘urta kompaniyalariga nisbatan juda yuqori moliyaviy va sug‘urta faoliyati ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanuvchi ijobiy istiqbolga ega bo‘lgan yuqori darajadagi ishonchlilikka egaligini bildiradi.
Umuman olganda, «SAIPRO» ekspertlarining baho berishiga ko‘ra, jami mukofotlar hajmining, shuningdek sof mukofotlarning o‘sishi, qayta sug‘urta ulushini chiqarib tashlaganda, Kompaniyaning sug‘urta portfeli holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
20/08/2010
|
|
| |
«SAIPRO» kompaniyasi 2008 yil yakunlariga ko`ra «O`zbekinvest» EIMSKning moliyaviy ishonchliligini uzA++ darajasida ekanligini tasdiqladi. |
|
|
«O`zbekinvest» EIMSKning ishonchlilik darajasini 2008 yil yakunlariga ko`ra yuqori baholashga imkon beradigan asosiy omillar sifatida, Kompaniyaning sug`urta xizmatlari bozoridagi yetakchi vaziyati, keng filiallar tarmog`i va maxsuslashtirilgan sho``ba korxonalarni o`z ichiga olgan infratuzilmaning jadal rivojlanishi, Kompaniyaning yuqori kapitallashuv darajasi, to`lov qobiliyati, hajmi hamda o`lchovli ko`rsatkichlari, shuningdek mahalliy va xalqaro sug`urta bozorida uzoq muddatli ish tajribasi kabilarni sanab o`tish mumkin.
Kompaniyaning investitsiya siyosati, sug`urta zahiralarini joylashtirishning sifati hamda Kompaniyaning moliyaviy ishonchlilik ko`rsatkichlari berilgan reyting darajasiga ijobiy ta`sir ko`rsatdi. Kompaniyaning moliyaviy ko`rsatkichlari moliyaviy barqarorlik nuqtai-nazaridan avvalgiday yuqori darajada bo`lib kelmoqda. Kompaniyaning likvidlik ko`rsatkichlari olingan majburiyatlarni o`z vaqtida va to`laligicha bajarish uchun yetarli darajada yuqori bo`lib kelmoqda. Kompaniya bozor boshqaruvchisi tomonidan o`rnatilgan barcha to`lov qobiliyati normativlarini og`ishmay bajarib kelmoqda.
Kompaniya yuqori kapitallashuv darajasi, sug`urta xizmatlari bozorida orttirilgan ish tajribasi, taniluvchan brend va keng hududiy filialar tarmoqlari kabi raqobatbardosh afzalliklarga ega.
Yuqorida qayd etib o`tilganlarni hamda o`tkazilgan reyting baholash natijalarini hisobga olgan holda, «SAIPRO» kompaniyasi 2008 yildagi faoliyati natijalariga ko`ra «O`zbekinvest» EIMSKning «uzA++» («A`lo darajadagi moliyaviy barqarorlik») reytingini tasdiqlaydi.
|
|
| |
04/08/2009 |
|
| |
|
|
| |
|
|
| |
|
|
| |
|
|
26/04/2012
|
|