«Moody`s Investors Services Ltd» reyting agentligi (Buyuk Britaniya) «O`zbekinvest» EIMSKga moliyaviy mutahkamlik B1, «Barqaror istiqbol» xalqaro reytingni berdi.
Shuni ta`kidlash joizki, «O`zbekinvest» kompaniyasi bugungi kunda xalqaro reytingni olishga sazovor bo`lgan O`zbekistonning birinchi va hozircha yagona sug`urta kompaniyasi hisoblanadi. Moody`sni belgilashicha «O`zbekinvest»ning asosiy ustuvor tomonlari – qabul qilinayotgan sug`urta qaltisliklariga nisbatan Kompaniyaning juda kuchli kapitalizatsiyasi, eksport-kredit sug`urtasidagi hukmron vaziyati va ichki sug`urta bozoridagi mustahkam o`rnidir. «O`zbekinvest» kompaniyasini davlat muassasasi ekanligi raqobat muhitidagi ustunligiga asos bo`ladi. Eksport-kredit qaltisliklari bo`yicha majburiyatlar yuzasidan davlat kafolati bilan bir qatorda, «O`zbekinvest» kompaniyasi va AIGning o`zaro munosabatlari nafaqat mahalliy darajada, balki Buyuk Britaniyada joylashgan, anderrayting va boshqa texnik yordamni muvofiq tarzda ta`minlayotgan qo`shma korxona faoliyatida aks etgan.
«O`zbekinvest» kompaniyasi 1994 yilda tashkil topgan, 1997 yilning fevral oyida eksport-import milliy sug`urta kompaniyasiga aylantirilgan. Kompaniya 100% davlat muassasasi bo`lib, undagi 83.3% ulush O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga va qolgan 16.7% ulush O`zbekiston Respublikasi TIF Milliy bankiga qarashlidir. Kompaniyaning asosiy vazifasi – O`zbekiston iqtisodiyotiga horijiy investitsiyalarni jalb etishni rag`batlantirishga va siyosiy, tabiiy va kombinatsiyalangan qaltisliklardan sug`urta obyektlariga ishonchli sug`urta himoyasini taqdim etish orqali eksport salohiyatini o`sishiga ko`maklashish. Kompaniya shuningdek ichki bozorda umumiy sug`urtaning barcha turlarini amalga oshiradi.