Sug‘urta xizmatlari uchun sifat – jiddiy masala, chunki bu holatda ushbu xizmatning mavjudigini oldindan belgilab beradi. Sug‘urta hodisasini ro‘y berishi mijoz uchun minimal darajada har doim ko‘ngilsizlik bo‘lib, sug‘urtalovchi tomonidan aniq va mahoratli xatti-harakatlar talab etiladi.
Shuning uchun «O‘zbekinvest» kompaniyasi o‘z mijozlarining ishonchi va sodiqligini qozonib olish uchun sug‘urta xizmatlarini yuqori sifat bilan ta’minlagan holda taqdim etishga katta e’tibor beradi. Biz, o‘z biznesimizni mijozlarga, ularning manfaatlariga, ishonchli va barqaror sug‘urta himoyasini kafolatlab beruvchi sug‘urta mahsulotlari, xizmatlari va servislari sifatining yuqori standartlariga qaratgan holda qurishga intilamiz.
Aynan shu maqsadlarda doimiy rivojlanish va takomillashuvni kerakligini tushungan holda, o‘z mijozlarimizning ortib borayotgan talablariga javob berish uchun 2004 yilda «O‘zbekinvest» kompaniyasi O‘zbekiston sug‘urta kompaniyalari ichida birinchi bo‘lib sifatni boshqarish tizimini xalqaro talablarga muvofiq kelishini ta’minladi va ISO 9001:2000 standarti talablari bo‘yicha sertifikatlash auditini o‘tdi.
Kompaniyaning sifat tizimini yaratish uchun ISO 9001:2000 standartini tanlab olish bejiz bo‘lmagan albatta, chunki stanlartning asosiy g‘oyasi bo‘lmish «mijozlarning ehtiyojlarini to‘liq maksimal darajada qondirish maqsadida doimiy takomillashuv va rivojlanish» «O‘zbekinvest» kompaniyasining strategik maqsadlari va qarashlariga to‘liq mos keladi. Sifatni boshkarish tizimi birinchi navbatda kompaniya faoliyatidagi hatolarning oldini olinishiga qaratilgan, chunki amalga oshirilgan hatolarni tuzatish qiymati taqqoslab bo‘lmaydigan darajada yuqori.
2007 yilda kompaniya sertifikatlashning ikkinchi bosqichini boshladi, bu uning sifat tamoyillariga sodiqligini tasdiqlaydi. Sertifikatlashtirish organi sifatida SGS Tashkent Ltd kompaniyasi tanlab olindi. SGS (Societe Generale de Surveillance S.A., Shveysariya) kompaniyalari guruhi – mustaqil ekspertiza, sinovdan o‘tkazish va sertifikatlash sohasidagi jahon miqyosidagi yetakchi bo‘lib, uning berilgan sertifikatlari butun dunyo tomonidan e’tirof etiladi va nufuzga ega.
Sifatni boshqarish tizimida Kompaniyaning erishgan natijalari yana bir muhim voqea orqali o‘z aksini topdi. ISO xalqaro standartlari talablari asosida ish yurituvchi O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya va Ukrainaning yetakchi korxonalari uchun 2007 yilning sentabr oyida Yalta shahrida (Ukraina) tashkil etilgan xalqaro seminarda «O‘zbekinvest» kompaniyasiga ikkita nominatsiya bo‘yicha: uzoq davr mobaynida SBTni qo‘llaganligi uchun «Doimiy takomillashuv» va «SBT bo‘yicha rahbariyatning eng yaxshi vakili» sertifikatlari berildi.
Bizning sifat bo‘yicha siyosatimiz Kompaniya nuqtai nazarlarini aniq ifodalaydi. Bunda Kompaniya tomonidan quyidagi tamoyillarga amal qilish qabul qilingan:
Birinchi navbatda bizning xizmatlarimiz sifatini o‘zimizga qabul qilingan majburiyatlarni qat’iy bajarish tariqasida ko‘rib chiqamiz. Shuning uchun Kompaniyaning istisno tariqasida barqaror ishlashi uchun moliyaviy barqarorlikni ta’minlash bizning dolzarb vazifamiz hisoblanadi. Bmz tomonimizdan qabul qilinayotgan yirik qaltisliklar sifatli qayta sug‘urtalash himoyasiga ega. Bizning barcha faoliyatlarimiz qat’iyan amaldagi qonunchilik doirasida amalga oshiriladi.
Bizning dolzarb vazifalarimizdan biri – polislarni yozish va berish davrida bo‘lgani kabi, sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqish davrida ham ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish hamda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy kilish orqali xizmat ko‘rsatish vaqtini qisqartirish hisoblanadi.
Iste’molchilarga maksimal darajada yaqinlashish maqsadida biz respublikaning barcha viloyatlarini qamrab oluvchi rivojlangan hududiy va agentlik tarmoqlariga egamiz. Bizning hududiy bo‘linmalarimiz yuqori ishonchlilik imijini, raqobatbardoshligini va mahoratini saqlagan holda muvaffaqiyatli ishlab kelmoqda.
Biz zamonaviy bozorning ehtiyojlariga javob beradigan 50 turdan ziyod sug‘urta mahsulotlarini ishlab chiqamiz. Bizning yuqori saviyali hodimlarimiz o‘z yangiligi va istiqbolligi bilan ajralib turadigan, shu jumladan turli xil yuqori texnologik sohalarda ishlab keluvchi korxonalar uchun kompleks sug‘urta dasturlarini yaratishda salmoqli tajribaga ega.
Kompaniya o‘zining dinamik o‘sishida hududlardagi kadrlarni tayyorlashga va biznesni tashkil qilishga alohida ahamiyat ajratadi. O‘ziga tegishli O‘quv Markazida eng zo‘r mutaxassislar sug‘urta sohasida, mijozlar bilan samarali ishlash treninglarini tashkil etishadi, bu esa hodimlarning mahoratini yanada takomillashtirish imkonini beradi.
Sug‘urta xizmatlari sifatiga qo‘yilgan bozorning doimiy o‘suvchi ehtiyojlariga muvofiq kelish uchun biz sug‘urta mahsulotlarimiz, xizmatlarimiz va servislarimizni sifat tizimining ichki mexanizmlaridan foydalangan holda har tomonlama kuzatamiz, o‘rganamiz va takomillashtiramiz. Biz sug‘urta mahsulotlarimiz sifatini va uning doirasida taqdim etilayotgan xizmatlarni qat’iy yaxshilashni, qobiliyatimizning asosiy raqobatbardoshlik ustunliklaridan biri deb hisoblaymiz.
Mijozlar manfaatidagi faoliyatimizni yaxshilash uchun bizning ishimiz bo‘yicha sizning fikr-mulohazalaringiz eng qimmatli axborot manbasi bo‘lib hisoblanadi. Kompaniyada taqdim etilayotgan sug‘urta xizmatlarining sifati bo‘yicha mijozlardan shikoyat va takliflarni qabul qilish uchun telefon tarmog‘i amal qilmoqda. Siz bizning mutaxassislarimizga (371) 233-05-46 telefon raqami orqali (ish kunlarida soat 9:00 dan 18:00 gacha) murojaat qilishingiz mumkin. Sizning murojaatingiz qisqa davr ichida ko‘rib chiqiladi va hal etiladi. Siz shuningdek o‘z xabaringizni bu yerda qoldirishingiz mumkin..