Sug‘urta himoyasi
Quyidagi zararlar qoplanadi:
1. Transport vositasi yo‘l-transport hodisasi, yong‘in, portlash, narsalar zarbi, tabiiy ofatlar i uchinchi shaxslarning noqonuniy harakatlari;
2. Transport vositasidan foydalanyotganda uchinchi shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va/yoki mulkiga zarar yetkazilganligi uchun javobgarlikning yuzaga kelishi;
3. Yo‘l-transport hodisalari natijasida haydovchi va/yoki yo‘lovchilarning tan jarohati olishi.
Sug‘urta hodisasi natijasida sug‘urtalangan transport vositasining nobud bo‘lganda yoki zararlanganda, sutka davomida transport vositasini Toshkent shahri bo‘ylab va Toshkent halqa yo‘lidan 10 km masofa chegarasida voqea sodir bo‘lgan joydan belgilangan joyga evakuatsiya qilish ta’minlanadi.
Asosiy istisnolar
Quyidagi hollarda qoplama to‘lanmaydi:
- transport vositasidan uni boshqarishga o‘rgatish yoki musobaqa va sinovlarda ishtirok etish maqsadlarida foydalanganda;
- yo‘lovchilarni umumiy soni/yuklarning umumiy og‘irligi ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan belgilangan maksimal son/og‘irlikdan ko‘p bo‘lsa;
- alkogol, giyohvand va/yoki toksik moddalar ta’sirida mast bo‘lgan holatda, iste’mol qilganda transport vositasini boshqarish man etiladigan dorilarning ta’sirida transport vositasini boshqarish;
- yong‘in xavfsizligi, yonuvchan va portlovchi moddalar va narsalarni saqlash, tashish qoidalarining buzilishi;
- temir yo‘lni kesib o‘tish qoidalarining buzilishi, svetoforning man etuvchi chirog‘ida o‘tish yoki belgilangan yo‘nalishga qarshi yurish;
- tabiiy yemirilish, tovar ko‘rinishining yo‘qolishi va ishlab chiqaruvchi zavodning braki;
- agar zarar yo‘l-transport hodisasiga olib kelmagan bo‘lsa, yo‘lning notekisligi yoki yomon holati, o‘tkir narsalarni bosish sababli shinalarning zararlanishi;
- o‘zgartirish va/yoki takomillashtirish bilan bog‘liq xarajatlar.
Sug‘urta shartnomasida boshqa istisnolar ham bo‘lishi mumkin.
Franshiza
Franshiza (shartsiz) – zararning qoplanmaydigan qismi. Franshizaning miqdori qancha katta bo‘lsa, Siz xizmatlarimiz uchun shuncha kam to‘laysiz. Qoplama to‘langanda franshiza zarar summasidan chegirib qolinadi.
To‘lov tartibi
Nobud bo‘lganda yoki o‘girlanganda –belgilangan franshiza summasini chegirib qolgan holda yetkazilgan zarar miqdorida sug‘urta summasi chegarasida qoplama to‘lanadi;
Zararlanganda – transport vositasi ta’mirlanadi yoki franshizani chegirib qolgan holda vakolatli ixitisoslashgan tashkilot tomonidan tiklash uchun buyurma-naryadda/kalkulatsiyada ko‘rsatilgan summada sug‘urta summasi chegarasida qoplama to‘lanadi;
Uchinchi shaxslarga tan jaroxatlari va/yoki moddiy zarar yetkazilganda – yetkazilgan zarar miqdorida sug‘urta summasi chegarasida:
- yengil tan jarohatlari uchun, sog‘liqni qisqa muddatga yomonlashuvi yoki mehnatga layoqatini sezilarsiz darajada turg‘un yo‘qotishi – 10%;
- o‘rta darajadagi tan jaroxatlari – 40%;
- og‘ir tan jaroxatlari – 80%;
- halok bo‘lganda – 100%.
Sug‘urta mukofoti
Siz xizmatlarimizning tahminiy bahosini sug‘urta kalkulatorida hisoblashingiz mumkin.