Sug‘urta himoyasi
Yukka ziyon yetishi, uning nobud bo‘lishi (yo‘qolishi) natijasida yetkazilgan zararlar qoplab beriladi.
Sug‘urta umumqabul qilingan xalqaro standartlar – London sug‘urtalovchilari shartlari asosida amalga oshiriladi, ya’ni Siz sug‘urta qoplamasi darajasini o‘zingiz tanlashingiz mumkin (to‘la, qisman yoki eng kam):
1. Barcha qaltisliklar uchun javobgarlik bilan – alohida va umumiy avariya bo‘lganda to‘lanadigan eng keng sug‘urta qoplamasi;
2. Alohida avariya uchun javobgarlik bilan (qisman zarar) – «barcha qaltisliklar uchun javobgarlik»dan kamroq qaltisliklarni o‘z ichiga olib, birma-bir ko‘rsatilgan qaltisliklar qoplanadi;
3. Umumiy avariya – qisman zararlar qoplab berilmaydi.
Asosiy istisnolar
Agar mulk quyidagi qaltisliklar natijasida zararlangan bo‘lsa, qoplama to‘lanmaydi:
- ataylab qilingan yoki qo‘pol pala-partishlik hamda mas’ul xodimlar tomonidan yuk tashish, jo‘natish va saqlash qoidalarining buzilishi;
- tashqi qadoq but bo‘lib, yuk yetishmovchiligi;
- sug‘urtalangan yukning tabiiy sirqib chiqishi, og‘irligini yoki hajmini yo‘qotishi, me’yoriy yemirilishi;
- sug‘urtalangan yukni yetarli bo‘lmagan yoki yaroqsiz qadoqlanishi yoki tayyorlanishi;
- yetkazib berishni kechiktirilishi, umumiy avariya bo‘yicha qoplanishi lozim bo‘lgan zararlar bundan mustasno;
- yukka hashorot, kemiruvchi, qurt-qumirsqalardan zarar yetishi.
Sug‘urta shartnomasida boshqa istisnolar ham bo‘lishi mumkin.
Franshiza
Franshiza (shartsiz) – zararning qoplanmaydigan qismi. Franshizaning miqdori qancha katta bo‘lsa, Siz xizmatlarimiz uchun shuncha kam to‘laysiz. Qoplama to‘langanda franshiza zarar summasidan chegirib qolinadi.
To‘lov tartibi
yukning to‘la yoki qisman nobud bo‘lganda (yo‘qolganda) – sug‘urta summasi chegarasida yetkazilgan zarar miqdorida;
yukning to‘la yoki qisman zararlanishida – sug‘urta summasi chegarasida tiklash xarajatlari miqdorida.
Sug‘urta mukofoti
Siz xizmatlarimizning tahminiy bahosini sug‘urta kalkulatorida hisoblashingiz mumkin.

sug‘urta kalkulatori
Batafsil axborotni Innovatsiya va sug‘urta xizmatlarini rivojlantirish markazidan olishingiz mumkin
Tel. 233 05 56, 233 05 46
e-mail: development@uzbekinvest.uz