Xorijiy banklar va kompaniyalar tomonidan investitsiya loyihalari, tashqi iqtisodiy shartnomalarni moliyalashtirish hamda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarlariga xorijiy investitsiyalar kelishini rag‘batlantirish va jalb qilish maqsadlarida 1995 yilda «O‘zbekinvest» EIMSK «Amerikan Interneshnl Grupp» (AIG) yirik moliyaviy guruh bilan birgalikda «Uzbekinvest Interneshnl» qo‘shma kompaniyasi tashkil etildi.
Siyyosiy qaltisliklar sohasida jaxon sug‘urta bozorining an’anaviy markazi bo‘lmish Londonda joylashgan va 100 mln. AQSH dollari miqdoridagi (O‘zbekinvest - 80%, AIG - 20%) nizom jamgarmasiga ega «O‘zbekinvest Interneshnl» kompaniyasi siyosiy qaltisliklarni sug‘urtalash xususiy bozorida mavjud birgalikda sug‘urtalash kanallarini hisobga olgan holda yirik kapital qo‘yilmalarni qoplash bo‘yicha keng imkoniyatlarga ega.
Investitsiya salohiyatiga ega sarmoyadorlarning mamlakat kelgusida iqtisodiy, huquqiy va ma’muriy rivojlanishidagi ikkilanishlarini bartaraf qilish va O‘zbekiston investitsiya iqlimini yaxshilash maqsadlarida kompaniya quyidagi sug‘urta turlarini taqdim etadi:
Investitsiyalarni sug‘urtalash
Sug‘urta qoplamasining ushbu turi musodara qilinishi, ekspropriatsiya, milliylashtirish, urush, fuqarolar tartibsizliklari, xorijiy hamkor yoki mamlakatga nisbatan kamsitish hollari, eksport-import embargosi tadbiq etilishi, litsenziyaning chaqirib olinishi, Hukumat kafolatining chaqirib olinishi, Hukumat shartnomasining bekor qilinishi, dividendlarni o‘tkazib bo‘lmasligidan qoplama taqdim etadi.
Asosiy qaltisliklar: :
• Musodara qilinishi
• Ekspropriatsiya
• Milliylashtirish
• Olib qo‘yilishi
Qo‘shimcha qaltisliklar:
• Kamsitish
• O‘z huquqlaridan voz kechishga majburlash
• Eksport / import embargosi
• Litsenziyaning chaqirtirib olinishi
• Valutaning almashtirib bo‘lmasligi
• Urush, fuqarolar tartibsizliklari
• Hukumat shartnomasining buzilishi
• Hukumat kafolatining chaqirtirib olinishi
Savdo va kreditlarni sug‘urtalash
Shartnoma bekor qilinishidan sug‘urtalash
Sug‘urta qoplamasining ushbu turi xorijiy hamkorni o‘zbek tomoni urush, fuqarolar tartibsizliklari, qo‘zg‘olon, g‘alayon, eksport/import embargosini kiritish, litsenziyani chaqirtirib olinishi, Hukumat kafolatining chaqirtirib olinishi, tomonlar shartnoma shartlarini bajarishlariga to‘sqinlik qiluvchi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari qabul qilinishi kabi siyosiy qaltisliklar natijasida shartnoma shartlarini bajarmasligidan himoya qiladi.
Asosiy qaltisliklar:
• Shartnomaning bir tomonlama bekor qilinishi
• Shartnoma bo‘yicha to‘lamaslik
Qo‘shimcha qaltisliklar:
• Eksport/import embargosi
• Litsenziyaning chaqirtirib olinishi
• Urush, fuqarolar tartibsizliklari
• Valuta o‘tkazmalari
• Hukumat kafolatining chaqirtirib olinishi.
Kafolatning noqonuniy talab qilinishidan sug‘urtalash
Ushbu sug‘urta turi shartnoma shartlarining bajarilmasligi urush harakatlari boshlanishi yoki mamlakat tomonidan litsenziya bekor qilinishi, eksport/importga embargo kiritilishi, konunchilikning o‘zgartirilishi kabi harakatlar sababli shartnoma bo‘yicha kafillik yoki kafolatga asosan to‘lovni noqonuniy talab qilinishi natijasida yetkazilgan zararlarni qoplashni nazarda tutadi.
Asosiy qaltisliklar:
• Xaridor Hukumat kafolatni noqonuniy talab qilishi
Qo‘shimcha qaltisliklar:
• Urush, fuqarolar tartibsizliklari
• Eksport/import embargosi
• Qonunchilik o‘zgarishi
Sug‘urta mukofoti
Siz xizmatlarimizning tahminiy bahosini sug‘urta kalkulatorida hisoblashingiz mumkin.
Aloqa uchun ma’lumotlar (Toshkent shahrida):
Eksport qaltisliklari va investitsiyalarni sug‘urtalash departamenti
Tel. 233-21-74
e-mail: iig@uzbekinvest.uz
«O‘zbekinvest Interneshnl» QK koordinatlari (London shahri):
Manzil:
8 th Floor, AIG Building, 58 Fenchurch str., London EC3M 4 AB
Telefon:
+44 (0207) 5 48 397
Faks: +44 (0207) 95 48 872
E-mail: uzbekistan.London@aig.com
Web-site: www.uzbekinvest-london.com
yuqoriga