
Uzluksiz dispetcherlik markazi
Sutkasiga 24 soat yiliga 365 kun ishlaydi.
«Uzbekinvest Assistans» Servis Agentligini , tarkibidagi Dispetcherlik markazi quyidagi sug‘urta turlari bo‘yicha murojaatlarni qabul qiladi:
- Sog‘liqni ixtiyoriy sug‘urtalash;
- Avtotransport vositalarini sug‘urtalash;
- Xorijga chiqayotgan shaxslarning tibbiy xarajatlarini sug‘urtalash.
Markaz quyidagilarni ta’minlaydi:
Mijozlarning murojaatlarini uzluksiz qabul qiladi;
- Ularning xabarlari va istaklaridan kelib chiqib tezkor harakat qiladi;
- Tegishli yordamni tashkillashtiradi, ya’ni:
- Tez yordam chaqiradi;
- YHXDI, IIB, FVV vakillarini chaqiradi;
- Zararlangan transport vositasini tashish uchun evakuator chaqiradi.
- Mijoz, xizmat ko‘rsatuvchi va buyurtmachi o‘rtasida axborot almashinuvi bo‘yicha aloqani ta’minlaydi.
2010 yilning dekabrida “O`zbekinvest Assistans” Servis Agentligida standart platforma asosida IP-telefoniyaga asoslangan yangi avtomatlashtirilgan Call-markaz joriy etildi. Uning o`ziga xosligi – inson faktori ta’sir etmagan holda mijozlarga xizmat ko`rsatish uzluksiz tarzda amalga oshiriladi va har bir mijoz bo`yucha ma’lumotlar shakllantiriladi.
- Opårator uchun lokal tarmoq yoki Intårnåtga kirish mavjud bo`lgan istalgan yårda ishlash imkoniyati; - Tarmoq doimo bo`sh turgan holda birorta ham qo`ng`iroqni javobsiz qoldirmaslik; - Tålåmarkåting (mijozlar o`rtasida so`rov o`tkazish) o`tkazish imkoniyati; - Va boshqa juda ko`p imkoniyatlar.
Assistansning Call-markazi standart platforma asosida ishlab chiqilgan, biroq quyidagi afzalliklar uni yagonaligining dalolatidir:
- Call-markazi inson omilini minimizatsiyalashtirgan holda mijozlarga to`xtovsiz xizmat ko`rsatishga imkoniyat yaratadi; - Mijozning butun tarixi uning shaxsiy varaqasida to`planadi, bu xizmat ko`rsatish jarayonini ångillashtiradi; - Yangi opåratorlarni qisqa muddatda o`qitish mumkin.
O`zbåkiston Pråzidånti va Hukumati tomonidan sug`urta bozorini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilayotgan e`tibor "O`zbåkinvåst Assistans" sårvis agåntligining 2010-2011 yillarda rivojlanish yo`nalishlarini aniqlab bårgan. Agåntlik o`sish stratågiyasi va assistans xizmatlarini targ`ib qilishni, o`z sohasida tutgan o`rnini mustahkamlashni, yangi hamkor va xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlarni jalb qilishni, axborot, yuridik va shaxsiy xizmat sohasidagi faoliyatni kångaytirishni tanlagan. Sug`urtalashning majburiy turlari tadbiq etilishi munosabati bilan agåntlik sug`urtalashning majburiy turlari bo`yicha sug`urta holati yuzaga kålgan taqdirda xizmat ko`rsatish borasida o`z ishini faollashtirishni maqsad qilib qo`ygan.
Dispetcherlik markazi quyidagilar uchun so‘rovnomalarni qabul qiladi:
- majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish,
- korxona xodimlarini emlash,
- keng ko‘lamdagi tibbiy xizmatlardan foydalanish uchun yetakchi tibbiyot muassasalariga biriktirish.
Biz hamkorlik qilishga va har qanday taklifingizni ko‘rib chiqishga tayyormiz!
Dispetcherlik Xizmatining uzluksiz ko‘p kanalli telefoni
294-94-94