ISО 9001:2015

chop etish versiyasi

"Oʼzbekinvest" eksport-import milliy sugʼurta kompaniyasi Oʼzbekistonda birinchi boʼlib ISO 9001:2015 boʼyicha qayta sertifikatlandi

Bugungi kunda sifatni boshqarish masalalari nafaqat respublika korxonalari va tashkilotlari, balki umuman davlatning iqtisodiy manfaatlari diqqat markazida. Respublika rahbariyati tomonidan iqtisodiyotning barcha sohalaridagi tashkilotlarda xalqaro standartlarga mos sifatni boshqarish tizimini joriy etishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Sifatni boshqarishning yetakchi gʼoyalari va zamonaviy usullarini milliy korxonalar tomonidan amalga tatbiq etilishiga qaratilgan hatti-harkatlarni birlashtirish muhim zarurat hisoblanadi.

“Oʼzbekinvest” eksport-import milliy sugʼurta kompaniyasi Oʼzbekistondagi korxonalar orasida birinchi boʼlib ISO 9001:2015 yangi standarti boʼyicha qayta sertifikatlandi. “Oʼzbekinvest” kompaniyasini qayta sertifikatlashtirish Slovakiyaning Cert International sertifikatlash organi tomonidan amalga oshirildi.

Taʼkidlash kerakki, xalqaro standart talablariga muvofiq sifat menejmenti tizimini boshqarish “Oʼzbekinvest” kompaniyasida 2004 yilda joriy etilgan. Bu Kompaniyaga sifatga sodiqlikni namoyish qilish, mijozlar talablarini maksimal darajada qanoatlantirishga intilish va oʼz faoliyatini doimiy yaxshilab borish imkoniyatini bermoqda. Mijozlar fikrini oʼrganish xizmat koʼrsatishni yaxshilash, yangi sugʼurta mahsulotlarini ishlab chiqish va modernizatsiya qilishga yordam beradi.

“Oʼzbekinvest” kompaniyasi tashqi maslahatchilarni jalb etmasdan oʼz kuchi bilan ISO 9001:2015 yangi standarti versiyasiga oʼtishni taʼminladi. Strategik rejalashtirish jarayonidan tortib sugʼurta daʼvolarini koʼrib chiqish jarayonigacha Kompaniyaning barcha biznes jarayonlaridagi turli qaltisliklar taʼsirini baholash va kamaytirish imkonini beruvchi tegishli tartiblar ishlab chiqildi va Kompaniya faoliyatining barcha bosqichlaridagi qaltisliklarni baholash tizimi joriy etilib, ISO 9001:2015 standarti talablariga muvofiq xodimlarning oʼqishi tashkil etildi. ISO 9001:2015 standarti talablariga muvofiq, “Oʼzbekinvest” kompaniyasining tashqi va ichki konteksti batafsil oʼrganib chiqildi va kompaniyani yanada rivojlantirish imkoniyatlari belgilab olindi.

ISO 9001:2015 standarti yangi versiyasi boʼyicha “Oʼzbekinvest” kompaniyasi sifat menejmenti tizimining qayta sertifikatlashtirilishi taqdim etilayotgan xizmatlar sifatining Kompaniya tomonidan rivojlanish, raqobatbardoshlikning strategik asosi, respublika sugʼurta bozorida yetakchilik, sugʼurta faoliyati samaradorligini oshirish, mavjud moliyaviy, texnik va kadr resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash va Kompaniya boshqaruvi tizimini optimallashtirish sifatida qaralayotganini tasdiqlaydi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Сифат сиёсати