Boshqaruv

chop etish versiyasi

Azimov Rustam Sodiqovich

Bosh direktor

Telefon: (71) 235-78-01

Qabul kunlari:Chorshanba - 8:00 – 11:00, Shanba - 8:00 – 11:00

Elektron manzil:gen_dir@uzbekinvest.uz

Azimov Rustam Sodiqovich, 1958-yilda Toshkent shahrida tug'ilgan, Ma'lumoti – oliy, 1980-yilda Toshkent Davlat universitetini tugatgan, 1989-yilda Toshkent irrigaеsiya va qishloq xo'jaligini mehanizaеsiyalashtirish injenerlari institutini tamomlagan, injener-iqtisodchi. 1998-yilda “Mehnat shuhrat” ordeni, 2008-yilda “Fidokorona hizmatlari uchun” Davlat ordenlari va mukofotlari bilan taqdirlangan.

Hozirgi lavozimida 2017-yil 6-iyundan buyon ishlab kelmoqda.

Bosh direktor lavozimiga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-iyundagi 359-sonli qarori bilan tayinlangan.

XALIKOV RUSTAM BAXTIYOROVICH

Bosh direktorning eksport oldi va eksport sug'urtasi masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari

Telefon:(78) 120-03-61

Qabul kunlari:Chorshanba 8:00 – 11:00, Shanba 8:00 – 11:00

Xalikov Rustam Baxtiyorovich, 1977-yilda Toshkent shahrida tug'ilgan, Ma'lumoti – oliy, 1999-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2002-yilda O'zbekiston Respublikasi moliya akademiyasini tugatgan.

«O'zbekinvest» eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi direktorlar Kengashining 2019-yil 20-iyundagi qaroriga muvofiq Kompaniya bosh direktorining eksport oldi va eksport sug'urtasi masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari lavozimiga tayinlangan.

ASATULLAEV ALISHER LUTFULLAYEVICH

Bosh direktor o'rinbosari

Telefon:(78) 120-03-60

Qabul kunlari:Seshanba 8:00 – 11:00, Payshanba 8:00 – 11:00

Elektron manzil:dep_dir1@uzbekinvest.uz

Asatullayev Alisher Lutfullayevich 1978-yilda Toshkent shahrida tug'ilgan. Ma'lumot oliy – 1999-yilda Toshkent temir yo'l muhandislari institutini, 2004-yilda Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.

2016-yilning 25-noyabridan buyon «O'zbekinvest» eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi Bosh direktori o'rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

ABDULLAYEV AZIZ YORQULOVICH

Kompaniyaning xavfsizlik bo'yicha bosh menejeri

Telefon:(78) 235-94-03

Qabul kunlari:Dushanba 8:00 – 11:00, Juma 8:00 – 11:00

Elektron manzil:abdullaev@uzbekinvest.uz

Abdullayev Aziz Yorqulovich, 1977-yilda Toshkent shahrida tug'ilgan. Ma'lumoti - oliy, 1999-yilda Toshkent moliya institutini va 2009-yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.