Eksport qiluvchining qisqa yoki uzoq muddatli debitor qarzdorligini sugʻurtalash

chop etish versiyasi

Bu eksportchining debitor qarzdorligini tijorat va siyosiy tavakkalchiliklar tufayli chet ellik xaridor tomonidan, eksport shartnomasiga asosan unga yetkazib berilgan tovarlar uchun, to‘lamaslik xavfidan sug‘urta qilishdir. Agar eksport shartnomasining to‘lov shartlarida tovarlar jo‘natilgandan keyin to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, eksportchi tovarlar uchun to‘lovni ololmasligi mumkin.  Shu munosabat bilan, tovarlarni kechiktirilgan to‘lov asosida sotishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlardan eksportchini himoya qilish zarur.

QAMROV DOIRASI

Eksportchi sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalanuvchi hisoblanadi.

Sug‘urta predmeti - chet ellik xaridorning eksport shartnomasida oldindan kelishib olingan, kechiktirilgan to‘lov bo‘yicha to‘lash majburiyati hisoblanadi.

Sug‘urta himoyasi chet ellik xaridor mamlakatida yuzaga keladigan siyosiy va tijorat tavakkalchiliklarini qoplaydi.

Sug‘urta summasi eksport shartnomasiga ko‘ra kechiktirilgan to‘lov summasi miqdoriga asosan belgilanadi.

Sug‘urta shartnomasi bo‘yicha tovon puli zararning 100 foizigacha bo‘lgan miqdorni tashkil etadi.

Sug‘urta muddati eksport shartnomasi muddatiga mos ravishda belgilanadi.

Sug‘urta shartnomasi asosida alohida eksport shartnomasi yoki sug‘urtalanuvchining eksport portfeliga kiruvchi barcha eksport shartnomalari sug‘urta qilinishi mumkin.

SUGʻURTA MAHSULOTI NARXI

Sug‘urta mukofotining miqdori so‘ralgan sug‘urta davriga, kechiktirilgan to‘lov muddatiga, mamlakatning qaltislilik darajasiga, chet ellik xaridorning moliyaviy holatiga va mavjud bo‘lgan garov turiga (kafolat) qarab belgilanadi.

Sug‘urta mukofoti xarajatlari eksport qiluvchiga O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan qoplab berilishi mumkin.

KERAKLI HUJJATLAR

  • Eksport shartnomasi;
  • To‘ldirilgan anketa-ariza;
  • Chet ellik xaridorning nizomi va ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
  • Chet ellik xaridorning so‘nggi 3 yillik uchun balans hamda daromadlari va zararlari to‘g‘risidagi hisoboti.

  1. Eksport shartnomasini tuzish (sug‘urta kompaniyasi bilan kelishilgan holda);
  2. Eksport shartnomasini TSOYEAT-da ro‘yxatdan o‘tkazish;
  3. Eksport shartnomasini sug‘urtalash shartnomasini imzolash;
  4. Shartnoma shartlariga muvofiq mahsulotlarni (bajarilgan ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish;
  5. Chet ellik xaridor tomonidan shartnoma bo‘yicha to‘lov majburiyatlarini bajarilmasligi;
  6. Sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda zararni qoplash.