Eksport himoyasi - oʼz qoʼlingizda!

chop etish versiyasi
31.08.2022

Bugungi kunda oʼzbek ishlab chiqaruvchilari tashqi savdo operatsiyalariga katta eʼtibor qaratmoqda. Zero, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xorijlik xaridorlarga sotish- yangi bozorlar va valyuta tushumlarining koʼpayishini bildiradi. Аmmo chet el xaridorlari bilan ishlash bir qator xavf-xatarlarga toʼla boʼlib, oʼzbek eksportyorlarining mamlakatdan tashqaridagi manfaatlarini himoya qiluvchi ishonchli kafolatlar olish zarurati tugʼiladi. Masalan, tashish paytida joʼnatilgan tovar shikastlangan boʼlishi mumkin, bu esa tovarni yetkazib bermaslikka va eksportchining moliyaviy zarar koʼrishiga olib keladi. “Oʼzbekinvest” EISK” АJ kompaniyasida eksportyorlar yuklarining tashishda, joʼnatishda manfaatlarini toʼliq kafolat ila himoyasini taqdim etuvchi logistika tavakallchiligini sugʼurtalash mavjud boʼlib, xususan, “Oʼzbekinvest”ning eksportyor mijozi oʼzining logistika tavakallchiligini sugʼurtalash polisiga ega boʼlgani va shuning uchun ham uning biznesi toʼliq saqlanib qolgani xaqidagi voqeani misol tariqasida keltirishimiz mumkin.