«Ozbekinvest» EISK» AJ АKTSIYADORLАRI DIQQАTIGА!

chop etish versiyasi
13.11.2023

«Ozbekinvest» EISK» AJ

АKTSIYADORLАRI DIQQАTIGА!

Hurmatli aktsiyadorlar!

 «Ozbekinvest» EISK» AJ (keyingi - oʼrinlarda Jamiyat) Kuzatuv kengashining 2023 yil 12  oktyabrdagi qaroriga muvofiq nominal qiymati 1 000 (bir ming) soʼmlik 14 110 820 dona imtiyozli aktsiyalarni chiqarilishi Oʼzbekiston Respublikasi vakolatli davlat organi tomonidan 2023 yil 09 noyabrь kuni R0914 – 2 son bilan davlat roʼyxatidan oʼtkazilganligini maʼlum qilamiz.

Аktsiyalar chiqarilishi qaroriga asosan Jamiyat aktsiyalari aktsiyadorlarga imtiyozli sotib olish huquqi taqdim etish bilan ochiq obuna orqali joylashtiriladi.

Qoʼshimcha chiqarilayotgan aktsiyalarni sotib olishda “Аktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning xuquqlarini himoya qilish toʼgʼrisida”gi Qonunning 35-36-moddalariga asosan Jamiyat aktsiyadorlariga imtiyozli sotib olish huquqi beriladi. Imtiyozli sotib olish huquqining amal qilish muddati bildirishnoma eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran 14 (oʼn toʼrt) kun davomida amal qiladi.

Jamiyat aktsiyalarini imtiyozli sotib olish huquqiga ega shaxslarning roʼyxati 2023 yil 12 oktyabrь xolatiga shakllantirilgan Jamiyat aktsiyadorlari reestrining maʼlumotlari asosida tuziladi.

Аktsiyalar 1 000 (bir ming) soʼm qiymatda joylashtiriladi.

Imtiyozli huquqqa ega boʼlgan aktsiyadorlar aktsiyalarni olishi toʼgʼrisida oʼzining ismi – sharifi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri), oʼzi oladigan aktsiyalarning soni koʼrsatilgan yozma shakldagi arizani va haq toʼlaganlik toʼgʼrisidagi hujjatni Jamiyatga yuborish orqali oʼz imtiyozli huquqini toʼliq yoki qisman amalga oshirishga haqlidirlar. Bunday ariza mazkur imtiyozli huquqning amal qilish muddati ichida Jamiyatga taqdim etilishi kerak.

Jamiyat aktsiyadorlari olishga xaqli boʼlgan aktsiyalarning sonini aniqlash tartibi quyidagi formulaga asosan aniqlanadi:

A/282 216 408 = B

14 110 820 *B = C

Shunda:

282 216 408 – Jamiyat ustav kapitalidagi umumiy aktsiyalar soni;

14 110 820 – qoʼshimcha chiqarilgan aktsiyalar umumiy soni;

А – aktsiyadorning Jamiyat ustav kapitalidagi aktsiyalari soni;

V – Jamiyat ustav kapitaliga mutanosib ravishda aktsiyalar soni;

C – imtiyozli xuquq qoʼllanilganda aktsiyador tomonidan cotib olinadigan aktsiyalar soni.

Qoldiq hosil boʼlgan hollarda, qoldiq son 5 (besh) dan ortiq boʼlsa, koʼpaygan tomonga, 5 (besh) dan kam boʼlsa kamaygan tomonga butlanadi.

Аktsiyadorlar qoʼshimcha maʼlumotlar olish uchun Jamiyatga murojaat qilishlari mumkin.

 

Maʼlumot uchun telefonlar: (71) 235-78-01.