“Oʻzbekinvest” sugʻurta kompaniyasi “O`zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga 100 mln. soʻm oʻtkazdi.

chop etish versiyasi
07.04.2020

Bugungi kundagi koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash yoʻlidagi umumiy birdamlik davrida “Oʻzbekinvest” sugʻurta kompaniyasi “O`zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga kam taʼminlangan oilalarga, boquvchisiz qariyalarga, nogiron va ishsiz shaxslarga oziq-ovqat mahsulotlari, dori darmonlar, gigiyena vositalari xarid qilish uchun 100 mln. soʻm miqdorida mablagʻ oʻtkazib berdi.
“Oʻzbekinvest” sugʻurta kompaniyasi jamoasi tibbiyot muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va laboratoriyalar xodimlariga Oʻzbekiston fuqarolari sogʻligʻi va hayotini saqlab qolish maqsadida kurashda koʻrsatayotgan fidoiylik, qatʼiyat va yengilmas irodasi uchun chuqur hurmat, ehtirom va minnatdorchilik izhor etadi.