“PAYNET” bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

chop etish versiyasi
19.09.2023

“PAYNET” elektron to‘lov tizimi Xorazm viloyatidagi rasmiy vakili bilan “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi AJ Xorazm filiali o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Rasmiy vakil Otabek Kazakov bilan uchrashuv davomida Xorazm filial bosh menejeri Sarvar Iskandarov hamkorlik doirasida o'quv seminarlari, tanlovlar tashkil etilishi hamda mazkur to‘lov tizimi bilan shartnomalari bor tadbirkorlar uchun maxsus imtiyozli shartlar evaziga sug'urta maxsulotlarini rasmiylashtirish bo‘yicha kelishib olindi.
–“O‘zbekinvest” bilan hamkorligimiz, albatta har jihatdan manfaatli va samarali bo‘lishiga ishonaman, – deydi rasmiy vakil. – Eng muhimi, xizmat ko‘rsatish soni va ko‘lami yanada kengayadi.

“O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi AJ Xorazm filiali Axborot xizmati.