“O‘zbekinvest” kompaniyasining yoshlarga oid siyosati

chop etish versiyasi
17.03.2023

“O‘zbekinvest” har doim yosh mutaxassislar uchun ochiq. Bizni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va mamlakatimizning boshqa ko‘plab oliy o‘quv yurtlari bilan mustahkam do‘stlik bog‘lab turadi.

Shuningdek, “O‘zbekinvest” aksiyadorlik jamiyatida ko‘plab yoshlarning iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun sharoit yaratish maqsadida “Yoshlar ittifoqi” tashkil topgan.

Kompaniyaning Yoshlarga oid siyosatini amalga oshirishdagi bizning maqsadimiz – mamlakatdagi eng iqtidorli yoshlar uchun yuqori jozibador ish beruvchi maqomiga ega bo’lishdir.