“O‘zbekinvest” va “Murad Buildings” kompaniyalari "Ikki karra ishonch" yangi loyihasini taqdim etdilar

chop etish versiyasi
25.09.2023

2023-yil 25-sentabr kuni yetakchi qurilish kompaniyasi - “Murad Buildings” va O‘zbekiston Respublikasi bozorida 30 yildan buyon sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatib kelayotgan “O‘zbekinvest” kompaniyasi “Ikki karra ishonch” yangi mahsulotini taqdim etib, tantanali ravishda memorandum imzoladilar.

Mazkur loyihaga ko‘ra, “Regnum Plaza” va “So‘y Boyi” turar-joy majmualari qurilish maydonlarida qurilish-montaj ishlari yakunlangandan so‘ng “O‘zbekinvest” kompaniyasi uy-joy egalarining mulkiy manfaatlarini sug‘urta himoyasini ta’minlaydi va yuzaga kelgan taqdirda sugʻurta hodisalari boʻyicha “Oʻzbekinvest” kompaniyasi xonadon egalarining xarajatlarini qoplaydi. Shunday qilib, “Regnum Plaza” va “So‘y Boyi” turar-joy majmualaridagi kvartiralarni sotib oluvchilar kutilmagan xarajatlardan himoyaga ega bo‘ladilar.

Ushbu taqdim etilgan sug'urta himoyasi yong'in, portlash, o'g'irlik, uchinchi shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari, tabiiy ofatlar, suv toshqini natijasida xonadonga yetkazilgan zararni qoplash imkonini beradi.

Imzolangan memorandum kompaniyalar o‘rtasidagi yaqin hamkorlikning boshlanishi ramzi bo‘lib, xonadon egalariga o‘z manfaatlarini moliyaviy himoya qilishda qo‘llab-quvvatlash va ishonch bildiradi. 

"O'zbekinvest" EISK AJ Matbuot xizmati