DAKTda “Kuzgi muhabbat simfoniyasi” Open Air konserti boʻlib oʻtdi

chop etish versiyasi
11.09.2023

9-sentabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrining ochiq maydonida 94-teatr mavsumining ochilishiga bag‘ishlangan “Open air” konserti bo‘lib o‘tdi. “O‘zbekinvest” kompaniyasi tadbirning bosh homiysi bo‘ldi.

Jahon opera san'atining taniqli ustalari: Erbolat Axmedyarov (dirijyor), Veronika Djioeva (soprano), Ariunbaatar Ganbaatar (bariton), Yekaterina Semenchuk (mezzo-soprano) ishtirok etdilar.

“O‘zbekinvest” kompaniyasi korporativ ijtimoiy mas’uliyat strategiyasi doirasida ta’lim, sport, madaniyat va san’at sohalarida turli loyihalarni tizimli ravishda qo‘llab-quvvatlaydi.